Qaror bilan Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga (Minsk, 2016-yil 28-oktyabr) qoʻshildi.

Shu munosabat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnoma amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim 1992-yil 13-noyabrda Moskva shahrida tuzilgan.