6-dekabr kuni Dortmund opera teatrida “Lazgi – muhabbat va qalb raqsi” baletining ilk namoyishi boʻlib oʻtadi.
“Lazgi” raqsi 3 ming yillik tarixga ega boʻlib, sir-asror va afsonalarga chulgʻangan, uning nomi esa “muhabbat va qalb” maʼnolarini anglatadi.
Xorazm zaminida dunyoga kelgan “Lazgi” raqsi insonning bunyodkorlik salohiyatiga oid qadimiy hikmatni oʻzida mujassam etib, harakatlar orqali tevarak-atrof tabiat hodisalari, muhabbat va baxt tuygʻularini aks ettiradi.
Raymondo Rebekning lol qoldiruvchi xoreografiyasi, yorugʻlik va nur, musiqa va plastikaning favqulodda maftunkor uygʻunligi hamda Oʻzbekiston Milliy balet truppasining shukuhli ijrosi har safar tomoshabinlarda oʻchmas taassurot qoldiradi.
Sahnalashtirish va sayyor safar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi va yaqin koʻmagida amalga oshirilmoqda.