Yigʻin davomida yopiq eshiklar ortida ikki oʻrtoqlik oʻyini oʻtkaziladi, deya xabar beradi OʻFA matbuot xizmati.
«Yigʻin davomida murabbiylar shtabi tomonidan milliy jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazish hamda ularning jismoniy holatini nazorat qilish rejalashtirilgan.
Bu yigʻin FIFA kunlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlardan tashqari reja asosida tashkil etilgan boʻlib, asosiy eʼtibor futbolchilarni koʻrikdan oʻtkazishga qaratilgan.
Shu bois Xitoy milliy jamoasi (26-yanvar) hamda “Urartu” klubiga (30-yanvar) qarshi bahslar mashgʻulot uchrashuvi formatida oʻtkaziladi. Ushbu oʻyinlar yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtadi», — deyiladi xabarda.