Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi va Markaziy Osiyo Sunʼiy intellekt assotsiatsiyasi hamkorligida 2025-yilning 12-fevral kuni “UZTELECOM” “Bukhara Conference Hall”majmuasida “Milliy media va sunʼiy intellekt: muammo, yechim va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiya davomida media sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, sunʼiy intellektning rivojlanish tendensiyalari va ularning jamiyatga taʼsiri hamda istiqbollari muhokama qilindi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi – Oʻzbekistonda media sohasi rivojlanishini yangi texnologiyalar, xususan, sunʼiy intellekt imkoniyatlari bilan boyitish hamda xalqaro tajribalarni oʻrganishdir.
Tadbir davomida nufuzli ekspertlar tomonidan nodavlat telekanallarda sunʼiy intellektdan foydalanishning huquqiy asoslari, istiqbollari hamda media kontentni raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya doirasida media sohasida sunʼiy intellektni joriy etishning afzalliklari, duch kelinayotgan muammolar va istiqboldagi rejalarga bagʻishlangan plenar majlis boʻlib oʻtadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi va Markaziy Osiyo Sunʼiy intellekt assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.