Unda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Muxtorxon Tashxo'jaev, assotsiatsiya rahbariyati, apparat xodimlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo'linmalari vakillari, mas'ul xodimlar hamda murabbiylar ishtirok etdi.
Yig'ilishni O'zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Muxtorxon Tashxo'jaev kirish so'zi bilan ochib berdi. SHundan so'ng, Assambleyaning kun tartibiga qo'yilgan asosiy masala — O'zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasiga rais o'rinbosari saylash jarayoni bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar ushbu lavozimga tavsiya etilgan Mo'minjonov SHarifjon Fuzailovich nomzodini bir ovozdan ma'qullashdi. SHu tariqa SHarifjon Mo'minjonov O'zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o'rinbosari lavozimiga saylandi.
Yig'ilishda so'z olganlar Paralimpiya assotsiatsiyasi faoliyatiga ijobiy baho berib, bundan keyin ham belgilangan vazifalarni shunday faollik bilan bajarishda davom etish kerakligini ta'kidladi.
Xabaringiz bor, oxirgi yillarda mamlakatimizda paralimpiya sportini yana-da rivojlantirish va uni ommalashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
Ma'lumot uchun Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o'rinbosari lavozimiga saylangan SHarifjon Mo'minjonov 1961-yil Toshkent shahrida tug'ilgan.
Oliy ma'lumotli, Toshkent avtomobil yo'llari instituti hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.
Uzoq yillar davomida Mudofaaga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida turli lavozimlarda ishlagan, 2018-yildan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatib kelayotgan edi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati