Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 15-noyabr kuni Gruziyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi 

    Sport 19 Oktabr 2021 855

    OFK kalendariga muvofiq, 8-16-noyabr Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari boʻlib oʻtadi.

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida dastlab Toshkent shahrida, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazadi.

    Ushbu yigʻin davomida vakillarimiz Gruziya milliy terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 15-noyabr kuni 19:00 da Tbilisi shahridagi “Boris Paichadze” stadionida boʻlib oʻtadi.