Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Misrga qarshi uchrashuv sanasi maʼlum boʻldi

    Sport 22 Oktabr 2025 4693

    Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Dubayda boʻlib oʻtadigan xalqaro oʻrtoqlik turnirida qatnashishi rasman eʼlon qilindi.

    Musobaqada Jahon chempionatida ishtirok etadigan toʻrt milliy jamoa — Oʻzbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde oʻzaro kuch sinashadi.

    Oʻzbekistonning dastlabki raqibi Misr milliy jamoasi boʻladi. Uchrashuv 14-noyabr kuni oʻtkaziladi. Gʻolib jamoa turnir finalida oʻynaydi.

    Barcha oʻyinlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.