Qarorga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.
Shuningdek, qarorda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti va boshqa xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha gidrometeorologiya yoʻnalishida kadrlar tayyorlashni tashkil etish belgilangan.
Toshkent gidrometeorologiya kolleji negizida Toshkent gidrometeorologiya texnikumi tashkil etiladi va bu yerda gidrometeorologiya sohasida oʻrta boʻgʻin mutaxassislari tayyorlanadi.
Texnikumda kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasi va toʻlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.