Oʻzbekiston Misrni magʻlub etdi, endi Eronga qarshi oʻynaydi

    Sport 14 Noyabr 2025 846

    2025-yil 14-noyabr kuni boʻlib oʻtgan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Misrga qarshi ishonchli gʻalabaga erishdi.

    Al-Ayn xalqaro kubogi doirasida oʻtkazilgan bellashuvda gollar birinchi boʻlimda kiritildi. Oston Oʻrunov 4 va 44-daqiqalarda raqib darvozasini ishgʻol qilib, jamoaga 2:0 hisobida gʻalaba keltirdi.

    Mazkur natija Oʻzbekistonga musobaqa finalida ishtirok etish imkonini berdi. Milliy terma jamoa 18-noyabr kuni soat 21:00 da Eronga qarshi hal qiluvchi oʻyinda maydonga tushadi.