Turnir davomida milliy terma jamoa ushbu shaharda istiqomat qiladi va "Atlanta Yunayted" klubi bazasida mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Guruhdagi raqiblar ham o‘z bazalarini aniqlab olishdi. Portugaliya terma jamoasi Palm-Bich-Gardens shahrida, Kolumbiya terma jamoasi esa Kolambusda joylashadi.
Qayd etilishicha, FIFA turnir davomida ishtirokchi jamoalarning yashashi va mashg‘ulot o‘tkazishi uchun mo‘ljallangan 61 ta lokatsiyani belgilab olgan. Bazalarni taqsimlash o‘yinlar o‘tkaziladigan shaharlar va stadionlar geografiyasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Guruh bosqichi davomida terma jamoalar maxsus charter reyslar orqali boshqa shaharlardagi o‘yinlarga jo‘nab ketadi va so‘ngra o‘z mashg‘ulot bazalariga qaytadi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va qit’alararo pley-off g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.