Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2026-yili AQSH, Kanada va Meksika davlatida boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan Fabio Kannavaro boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mundialdan oldin nazorat oʻyinini oʻtkazadi. Ushbu oʻrtoqlik oʻyinini musobaqa mezboni Kanada terma jamoasi JCH debyutanti Oʻzbekiston MTJga qarshi oʻtkazadi.
Ushbu oʻrtoqlik oʻyini 2026-yili 1-iyun kuni Kanadada boʻlib oʻtadi.