Ushbu bahslar oldidan MTJ uchun sentyabr oyida Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻini tashkil etiladi. Shu sababli, milliy terma jamoa aʼzolari 4-sentyabr kuni Tojikiston vakillari bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mazkur yigʻin doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi Milliy jamoamiz Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 7-sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtishi belgilandi.