Tashrif dasturiga koʻra, Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi rahbari Belarus mudofaa vaziri general-leytenant Viktor Xrenin bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar harbiy hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar va uni oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish yoʻllarini belgilab oldilar.
Uchrashuvdan soʻng, Oʻzbekiston va Belarus mudofaa vazirlari Minskdagi Gʻalaba monumenti poyiga gulchambar qoʻydilar.
Qayd etish joiz, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Belarus Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan harbiy paradda qatnashadi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Tantanali tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.