Toshkent xalqaro aeroportida harbiylarni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Safar oldi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov jamoaning har bir aʼzosi bilan alohida suhbatlashdi va zafarlar tiladi.
Taʼkidlash joiz, harbiylarimiz Chirchiq poligonidagi xalqaro armiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrishdi. Ular orasida xalqaro harbiy armiya oʻyinlarida bir necha bor vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan tajribali qahramonlar ham bor.
Ayni paytda Oʻzbekiston vakillari Moskva shahriga yetib bordi, harbiy xizmatchilar belgilangan hududlarga taqsimlandi.