Oʻzbekiston muzeylarida suratlar soni nechta?

    Madaniyat 10 Sentabr 2022 1506

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etgan.

    2022-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylarda jami 2,2 millionta eksponatlar mavjud. Shundan 265,4 mingtasi suratlardir.

    2021-yil davomida respublikamizdagi barcha muzeylarga 5,1 mln. kishi tashrif buyurgan.

    Hisobot davrida eng koʻp tashrif Samarqand davlat badiiy muzey qoʻriqxonasiga boʻlgan. 2021-yilda muzeyga 683,9 ming kishi kelgan.