O‘zbekiston nanofarmakologiyasi uchun yana bir kashfiyot

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti Sohalararo texnologiyalar laboratoriyasi olimlari “Uglerod nanostrukturalarini yaratish usuli” ixtirosiga patent olishdi.

    Patent 2021-2023-yillarda amalga oshirilayotgan xalqaro o‘zbek-hind “Kichik bo‘lmagan hujayrali o‘pka saratonini davolash uchun uglerod nanonaychalar” loyihasini amalga oshirish doirasida ro‘yxatga olingan.

    Ushbu ixtiroga birinchi navbatda nanofarmakologiya vazifalari uchun maqsadli dori yetkazib berish maqsadi qo‘yilgan.