Shu kunlarda Qirgʻizistonda joriy yil Quvaytda tashkil etiladigan futzal boʻyicha Osiyo Kubogi  musobaqasining saralash bahslari boʻlib oʻtmoqda.

Saralashning V guruhidan joy olgan mamlakatimiz terma jamoasi birinchi tur oʻyinini Nepalga qarshi oʻtkazib, 5:1 hisobida gʻalaba qozondi. Gollarni Husniddin Nishonov, Akbar Usmonov, Ixtiyor Ropiyev (2ta) va darvozabon Abbos Elmurodov kiritdi. Nepalliklar goliga esa Mani Kumar  muallif boʻldi.