Ittifoq aʼzoligiga kirish uchun davlatlar notariat tizimi quyidagi yuqori standartlarga javob berish talab etiladi:
- tizimda nodavlat notariuslar (xususiy notariuslar) faoliyatining mavjudligi;
- notariat sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlari lotin notarial modeliga muvofiq boʻlishi;
- mulkchilikka oid milliy qonunchilik hujjatlarining xalqaro xususiy huquq normalariga mutanosib boʻlishi va boshqalar.
Oʻzbekistonda 2020-yildan xususiy notariuslar faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan soʻng, aʼzolik uchun ariza berilgan edi. Joriy yilning 22-24-sentyabr kunlari maxsus delegatsiya Oʻzbekistonga kelib, bizning notariat tizimimizni toʻliq oʻrganib ketgach, ijobiy baho berildi va Ittifoq Assambleyasi bir ovozdan Oʻzbekistonni Ittifoq aʼzoligiga qabul qildi.
Bugungi kunda Ittifoqqa 90 dan ortiq davlatlar aʼzo.