O‘zbekiston nufuzli IDUAI forumiga taklif etilgan yagona mamlakat bo‘ldi

    Turizm 27 Sentabr 2020 2019

    28-29 sentyabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni (The International Day for Universal Access to Information, IDUAI) ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn muhokama bo‘lib o‘tadi. Unda UNESKO bosh direktori Odri Azule, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, UNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etadi.

    Tadbir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Twitter” ijtimoiy tarmog‘i, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, «Transparency International» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o‘tkazilmoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan yagona mamlakat ekanini taʼkidlash muhim. Bu O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan shaffoflik va erkin fikrlilikni taʼminlash yo‘lida olib borilayotgan siyosat natijasida mamlakatimizda ro‘y bergan o‘zgarishlar eʼtirofdir. Tadbir mavzusi: “Jonni omon saqlab, ishonchni mustahkamlab, umid bag‘ishlab axborot olish”.