Oʻzbekiston “Open Data Watch” tashkilotining “Open Data Inventory” (ODIN) Ochiq maʼlumotlar reytingida 66 ball yigʻib, jahon boʻyicha 40-oʻrinni, Markaziy Osiyoda esa 1-oʻrinni egalladi. (2020-yilda 63 ball bilan 44-oʻrinni egallagan)

Maʼlumot oʻrnida: “Open Data Watch” — ochiq maʼlumotlar va rasmiy statistika asosida faoliyat olib boruvchi xalqaro notijorat tashkilot hisoblanadi. “ODIN” reytingi esa mamlakatning statistik takliflari qanchalik toʻliqligini va ulardagi maʼlumotlar xalqaro ochiqlik standartiga mos kelishini baholaydi.

Reytingning 2022-yilgi natijalarida birinchi oʻrinni Singapur egallagan. Keyingi pogʻonalarni esa Daniya, Finlyandiya band etgan. Mintaqa mamlakatlari hisoblangan Qozogʻiston 48-, Qirgʻiziston 89-, Tojikiston 120-, Turkmaniston 192-oʻrinlarda qayd etilgan.