Bu haqda Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, ushbu uchrashuv neytral maydonda — Malayziyada tashkil etilishi belgilangan.

Maʼlumot oʻrnida, bundan avval Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Urugvay terma jamoasiga qarshi 2 marotaba oʻyin oʻtkazgan. Shundan 1 tasi oʻrtoqlik maqomida oʻtgan boʻlsa, qolgan bittasi Xitoy kubogi doirasida oʻtkazilgan. Boʻlib oʻtgan barcha uchrashuvlarda Urugvay terma jamoasining qoʻli baland kelgan.