Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq Maslahati raisi bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 13 May 2022 1077

    Joriy yil 12-mayda Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasining Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Orqadogʻ, Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq Maslahati raisi G. Berdimuhamedov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda tomonlar soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Turkmaniston hamkorligi jadallashib, ikki mamlakat xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi, mushtarak tarixi va madaniyati hamda anʼanalariga asoslangan strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini taʼkidladi.

    Orqadogʻ Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini oʻtkazish tashabbusini yuqori baholadi, ularda mamlakatlarimiz ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilish imkoniga ega. Oʻzaro hamkorlikning ushbu mintaqaviy mexanizmi dolzarb ekanini vaqtning oʻzi isbotladi.

    Shu munosabat bilan tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan samarali parlament nazorati muhimligini taʼkidladi. Xususan, qonun chiqaruvchi organlar imzolangan shartnomalarni huquqiy jihatdan taʼminlash, ularning ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlash, shuningdek, qonun ijodkorligi boʻyicha tajriba almashish boʻyicha saʼy-harakatlarini amalga oshiradi.

    Ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

    Orqadogʻ davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyoda yetakchi ayollar muloqotini tashkil etish tashabbusi oʻz vaqtida ekanini taʼkidladi va Oʻzbekistonning 2021-yilda undagi raisligini yuqori baholadi. Bu maydon gender tenglik, xotin-qizlarning oila, jamiyat va davlat taraqqiyotidagi oʻrni kabi dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

    Tomonlar mamlakatlarimiz tomonidan yoshlar siyosatiga qaratilayotgan alohida eʼtiborni inobatga olib, Oʻzbekiston va Turkmaniston parlamentlarining yosh aʼzolari oʻrtasida zamon talablarini hisobga olgan holda aloqalarni yoʻlga qoʻyish va faollashtirish muhimligini taʼkidladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.