Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi ishonchli munosabatlar Oʻzbekiston va Ozarbayjon xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashning asosi va poydevori ekanligi, shuningdek, parlamentlararo hamkorlikning yangi istiqbollarini ochib berishi taʼkidlandi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Jumladan, ikki mamlakat parlamentlari tegishli qoʻmitalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik muhimligi qayd etildi. Ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini hal etish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlament aʼzolarining roli ham alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida oʻzaro manfaatli barcha masalalar yuzasidan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.