Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston oltin ishlab chiqarishni 2019-yilda 94,6 tonnadan 2020-yilda 101,6 tonnagacha oshirdi.
Ushbu reytingda birinchi oʻrinni 2020-yilda 368,3 tonna oltin ishlab chiqargan Xitoy egalladi. Ikkinchi oʻrinni Rossiya (331,1 tonna), uchinchi oʻrinni Avstraliya (327,8 tonna) egalladi.
Kuchli oʻnlikka AQSH (190,2 tonna), Kanada (170,6 tonna), Gana (138,7 tonna), Braziliya (107 tonna), Meksika (101,6 tonna) va Indoneziya (100,9 tonna) ham kiradi.
Maʼlumotga koʻra, Oʻzbekistonda dunyodagi eng yirik ochiq oltin koni – “Muruntov” joylashgan boʻlib, u yerda feruza va margimushning ulkan konlari mavjud. Shuningdek, koʻpgina geologlarning fikriga koʻra, ushbu kon dunyodagi eng katta oltin zaxirasi boʻlishi mumkin.