Oʻzbekiston iyul oyida oltin sotish boʻyicha mutlaq yetakchiga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) maʼlum qildi.

Mamlakat 11,6 tonna miqdorda oltin sotdi, shu bilan oltinning respublika eksportidagi ulushi 39,8 foizga yetdi.

Ikkinchi oʻrinni Moʻgʻuliston (6,1 tonna) egalladi. Rossiya va Germaniya har biri 0,5 tonnadan eksport qilgan.

Xaridlar boʻyicha, soʻnggi oylar singari, Turkiya birinchi oʻrinni egallab kelmoqda. WGCning taxminlariga koʻra, Turkiya 19,4 tonna oltin xarid qilgan. Qatar “oltin zaxirasi” 3,1 tonnaga, Hindiston — 2,8 tonnaga, Qozogʻiston — 1,9 tonnaga, Ukraina — 0,3 tonnaga koʻpayganligi maʼlum qilindi.

Iyul oyida jahon bozorida bir gramm oltinning oʻrtacha narxi 58 dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda oltinning bozordagi narxi deyarli 62 dollarni tashkil etmoqda.

Besh yil ichida Oʻzbekistonda oltin eksporti oʻsib kelmoqda. Masalan, oltin eksporti 2015-yilda 823,9 mln dollarni, 2016-yilda 738,2 mln dollarni, 2017-yilda 1,6 mlrd dollarni, 2018-yilda esa 3,4 mlrd dollarni tashkil etdi.