O'zbekiston Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshladi

    Sport 17 Aprel 2024 513

    Tailandda futzal bo'yicha Osiyo Kubogi start oldi. 

    B guruhida O'zbekiston milliy jamoasi Akbar Usmonov va Dilshod Rahmatovning (2 ta) gollari evaziga Avstraliya ustidan qiyin g'alabaga erishdi. Guruhning ikkinchi o'yinida Iroq va Saudiya Arabistoni o'zaro to'qnash keladi.

    Osiyo Kubogi-2024

    B guruhi, 1-tur

    O'zbekiston Avstraliya 3:2

    17 aprel. «Bangkok Arena»

    Gollar: Akbar Usmonov (21), Dilshod Rahmatov (22, 36) — Jiovaneli (5), Garner (38).

    O'zbekiston — Abbos Elmurodov, Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Elbek To'lqinov, Sunnat Anvarov, Fazliddin Botirov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo'raev, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Abror Ahmetziyanov, Mehroj Xudoyberdiev, Samariddin Berkinov.