B guruhida O'zbekiston milliy jamoasi Akbar Usmonov va Dilshod Rahmatovning (2 ta) gollari evaziga Avstraliya ustidan qiyin g'alabaga erishdi. Guruhning ikkinchi o'yinida Iroq va Saudiya Arabistoni o'zaro to'qnash keladi.

Osiyo Kubogi-2024

B guruhi1-tur

O'zbekiston  Avstraliya 3:2

17 aprel. «Bangkok Arena»

Gollar: Akbar Usmonov (21), Dilshod Rahmatov (22, 36) — Jiovaneli (5), Garner (38). 

O'zbekiston — Abbos Elmurodov, Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Elbek To'lqinov, Sunnat Anvarov, Fazliddin Botirov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo'raev, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Abror Ahmetziyanov, Mehroj Xudoyberdiev, Samariddin Berkinov.