Oʻzbekiston Osiyo suv kengashiga aʼzo boʻladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Xamrayev Kamboja poytaxti Pnompen shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo suv kengashi direktorlar kengashining 22-yigʻilishida ishtirok etdi.

    Yigʻilish doirasida seminar hamda Janubiy Koreya yetakchi kompaniyalarining suvdan foydalanish sohasida ilgʻor texnologiyalari va innovatsion yechimlarni namoyish etuvchi koʻrgazma boʻlib oʻtdi.

    Osiyo suv kengashi direktorlar kengashining 22-yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Sh.Xamrayev Oʻzbekistonning ushbu tashkilotga aʼzo boʻlib kirishi uchun ariza topshirdi. Yigʻilish ishtirokchilari bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashdi.

    Pnompenga tashrif chogʻida Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vaziri qator rasmiy uchrashuvlar oʻtkazdi. Xususan, Osiyo Suv kengashi Prezidenti, K-water korporatsiyasi bosh direktori Yun Sok De bilan muloqotda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.