Birinchi taymning 19-daqiqada Tomas Kampaniyello Ibrohim Shokirov himoya qilayotgan darvozani ishgʻol qildi.
Ikkinchi taymda teng kurashlar kuzatildi. 56-daqiqada Amirxon Murodov burchak zarbasidan keyin hisobni tenglashtirdi.
Oʻyin taqdirini qisqa fursatdagi xatolar hal qildi. 68- va 70-daqiqada Kampaniyello va Idrissa himoyachilar xatosidan foydalanib, oʻz jamoasiga gʻalaba keltiruvchi gollarni urdi.
Soʻnggi daqiqalarda Azizbek Erimbetov hisobni qisqartira oldi xolos.
Shu tariqa bosh murabbiy Islom Ismoilov shogirdlarining jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlandi.









