Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi vakillari ham delegatsiya tarkibida sammitga guvoh boʻlmoqda.
Oliy taʼlim muassasalari uchun alohida pavilyon ajratilgan boʻlib, unda oliygohlarning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida maʼlumotlar berilmoqda. Mazkur tadbir oliy taʼlim muassasalarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish, xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatiga kirish imkoniyatini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, mazkur sammit doirasida “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS Dunyo universitetlari reytingi: Osiyo 2024” reytingini eʼlon qilish kutilmoqda.