Ilgari Oʻzbekiston – Tojikiston kapitali ishtirokidagi birorta korxona faoliyat yuritmagan boʻlsa, bugungi kunda ular soni esa 170 dan ortiqni tashkil etmoqda.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Qodir Joʻrayev maʼlum qilishicha, delegatsiya ikki mamlakat parlamentlarining doʻstlik va hamkorlik boʻyicha guruhlari birinchi qoʻshma yigʻilishida ishtirok etadi.

Unda oʻzaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish yoʻlida parlamentlararo faollikni oshirish, ayniqsa, keyingi 4 yil davomida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, investitsiyaviy, texnologik, madaniy-gumanitar, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarda erishilgan kelishuv hamda bitimlarning oʻz vaqtida, sifatli bajarilishi ustidan parlament nazoratini oʻrnatish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 2015-yildan buyon mamlakatlarimiz oʻrtasida oʻzaro savdo hajmi qariyb 3 baravar oshdi. Bugungi pandemiya sharoitiga qaramay ham bu boradagi oʻsish saqlanib qolmoqda. Ilgari Oʻzbekiston – Tojikiston kapitali ishtirokidagi birorta korxona faoliyat yuritmagan boʻlsa, bugungi kunda ular soni esa 170 dan ortiqni tashkil etmoqda.

Bundan 3 yil oldin Oʻzbekiston – Tojikiston chegarasidan har kuni bor-yoʻgʻi 3-3,5 ming kishi oʻtgan boʻlsa, hozir oʻrtacha hisobda kuniga 20 ming kishi doʻstona bordi-keldi qilmoqda.