Oʻzbekiston parlamenti aʼzolari Istanbul shahridagi forumda ishtirok etyapti

    Xalqaro hamkorlik 23 Iyun 2022 1127

    2022-yil 22-iyunda kuni Istanbul shahrida (Turkiya) “Terrorizmga qarshi kurashish va zoʻravon ekstremizmining oldini olish boʻyicha milliy harakatlar rejalarni amalga oshirishda Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlardagi ayollarning roli” mavzusidagi forum oʻz ishini boshladi.

    Tadbir BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi huzuridagi BMTning Terrorizmga qarshi kurash markazi tomonidan Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi bilan birgalikda tashkil etildi.

    Forumda Markaziy Osiyoning beshta davlati parlamentlaridagi xotin-qizlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, tashqi ishlar vazirliklari va xavfsizlik xizmatlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etyapti.

    Forum Markaziy Osiyodagi ayollar parlamentariylarning zoʻravon ekstremizmning oldini olish borasidagi saʼy-harakatlarini oshirishga qaratilgan.

    Tadbirda BMTning terrorizmga qarshi kurashish va zoʻravon ekstremizmning oldini olish boʻyicha arxitekturasi, terrorizmga qarshi kurashish va zoʻravon ekstremizmning oldini olish jarayonida gender muammolari, terrorizmga qarshi kurashish va zoʻravon ekstremizmning oldini olish kontekstida yetakchi ayollar va parlamentdagi ayollarni jalb etish masalalari koʻrib chiqildi.

    Forum ishi davomida Oliy Majlis vakillari respublikada gender tenglikni taʼminlash, ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratdi.

    Bundan tashqari, forumda Oʻzbekiston Respublikasining Yaqin Sharq va Afgʻonistondagi urush zonalaridan oʻz fuqarolarini, ayniqsa, ayol va bolalarni vataniga qaytarish, ularni reabilitatsiya qilish borasidagi tajribasi alohida eʼtirof etildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.