Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi BRIKSning X parlament forumida ishtirok etdi

    Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan BRIKSning X parlament forumining “Gumanitar va madaniy sohalarda parlamentlararo hamkorlik” mavzusidagi yalpi majlisida ishtirok etdi.

    Tadbirda ilm-fan, taʼlim, turizm, sanʼat va madaniyat, yosh parlament aʼzolari bilan ishlash sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

    Yalpi majlisda Oʻzbekiston delegatsiyasi yurtimizda taʼlim, madaniyat, turizm sohalariga qaratilayotgan eʼtibor, erishilayotgan yuksak natijalar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

    Forum ishtirokchilari fan, taʼlim, madaniyat va turizm sohalarini rivojlantirish, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida oʻzaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.

    Tadbir yakunida X Parlament forumining qoʻshma deklaratsiyasi qabul qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.