Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi maʼlumotlari asosida tuzilgan va fuqarolar vizasiz kirishi mumkin boʻlgan mamlakatlar sonini aks ettiruvchi Henley pasport indeksida Oʻzbekiston pasporti 72-oʻrinni egalladi. Bir yilda davlatimiz koʻrsatkichi 8 pogʻonaga yaxshilangan.
Reytingga koʻra, oʻzbekistonliklar 62 davlatga vizasiz kirish huquqiga ega.
Fuqarolari 193 davlatga vizasiz kirishi mumkin boʻlgan Singapur reytingda birinchi oʻrindan joy oldi. Undan keyingi oʻrinni Yaponiya va Janubiy Koreya pasportlari egalladi. Bu davlatlarning fuqarolari 190 mamlakatga vizasiz kira oladilar.








