Prezident SHavkat Mirziyoev topshirig'iga asosan bugun ana shunday navbatdagi ko'mak Pokiston Islom Respublikasiga etkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Koronavirus infektsiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur tibbiy uskunalar, buyumlar va dori vositalari shaklidagi yuk Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan mamlakatimiz Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Islomobodga olib borildi.