Oʼzbekiston polietileni eksportida yetakchi davlatlar nomi maʼlum qilindi

    Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2022-yilda 21 ta xorijiy davlatga qiymati 267,5 million АQSh dollariga teng boʼlgan 267,7 ming tonna polietilen eksport qilgan.

    Qayd etilishicha, polietilen eksporti hajmi oʼtgan 2021-yil bilan solishtirilganda 26,1 ming tonnaga kamaygan.

    2022-yilda Oʼzbekiston eng koʼp polietilen eksport qilgan davlatlar:

    - Turkiya – 95,4 ming tonna;

    - Xitoy – 54,1 ming tonna;

    - Latviya – 41,3 ming tonna ;

    - Rossiya – 36,2 ming tonna;

    - Qozogʼiston – 20,5 ming tonna;

    - Buyuk Britaniya – 6,1 ming tonna;

    - Litva – 4,2 ming tonna;

    - Gruziya – 3,2 ming tonna;

    - Portugaliya – 1,7 ming tonna.