Uchrashuv davomida ikki davlatlar oʻrtasida AKT, shu jumladan elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-taʼlim sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlar koʻrib chiqildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Polsha davlatining qisqa muddat ichida qator yoʻnalishlarda sezilarli yutuqlarga erishayotgani shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron hukumat sohalarida erishgan natijalari, orttirgan tajribalari biz uchun ham ahamiyatli ekanligini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, Polsha Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor Elchisi R.Gruk Oʻzbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, kelgusida ikki davlat oʻrtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratishini maʼlum qildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.