Oʻzbekiston Prezidenti “Air Products” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi joriy va istiqbolli loyihalarni muhokama qildi

    Hukumat 2 Dekabr 2023 3671

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Dubay shahrida “Air Products” kompaniyasi boshqaruvi raisi Seyfi Gasemini qabul qildi.

    Kompaniya bilan hamkorlikni, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda yanada kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

    Davlatimiz rahbariga joriy loyihalarning borishi va yangilariga tayyorgarlik holati taqdimot qilindi.