O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni ertalab amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari "Avaza" milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan "Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston" formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston yetakchisi sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.