Davlatimiz rahbari 21-yanvar kuni Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etadi.
Avvalroq Prezidentimiz kengashga taʼsischi davlat sifatida qoʻshilish taklifini qabul qilgan edi.
Mamlakatimiz yetakchisi AQSH Prezidentiga yoʻllagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi koʻp yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini taʼkidladi.