Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining qo‘shma uchrashuvi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tadbir yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbarlari san’at ustalarining qo‘shma konsertida ham ishtirok etadilar.