O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

    Hukumat 3 Avgust 2023 4730

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan joriy yil 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.

    Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.