“Blackrock” – Amerikaning aktivlar va fondlarni boshqarish, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik investitsiya kompaniyasi. Kompaniya aktivlari 11 trillion AQSH dollaridan oshadi.

AQSHning yetakchi kompaniyasi bilan strategik sheriklikni, eng avvalo, energetika, transport va suv infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma fond tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi. Tez fursatda Platforma konsepsiyasi kelishiladi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.