Ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, "Euronews"ning keng auditoriyasini O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro‘y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari qo‘shma axborot loyihalarini amalga oshirish va professional kadrlar tayyorlash borasidagi faol sa’y-harakatlarni, shuningdek, "Euronews" Toshkent shahrida o‘z ofisini ochishni rejalashtirayotganini olqishladi.

"Euronews Academy" dasturi doirasida o‘zbekistonlik jurnalistlarni ilg‘or professional standartlar asosida o‘qitish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Barcha istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tayyorlashga kelishib olindi.