Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Joriy yil mart oyida Parijga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi strategik sheriklik, ayniqsa, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda fuqarolik aviatsiyasida aloqalarni kengaytirish, transport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shu jumladan, yaqinda tashkil etilgan Oʻzbekiston – Fransiya universiteti imkoniyatlaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi.