Korxona Pokistonning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport sohalarida yetakchidir.

Kompaniyaning mamlakatimiz hududlarida chorvachilik mahsulotlarini toʻliq qayta ishlash zanjiriga ega agroklaster barpo etish boʻyicha rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

***

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida “Gohar Textile” kompaniyasi asoschisi Gouhar Mustafo bilan uchrashdi.

Kompaniya paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashgan boʻlib, maishiy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha katta tajribaga ega.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda toʻqimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va Oʻzbekiston korxonalarini xalqaro yetkazib berish zanjirlariga integratsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.

***

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlari davomida “Engro Group” kompaniyasi raisi Ahsan Zafar Sayid bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Kompaniya Pokistonning energetika xavfsizligiga katta hissa qoʻshib, energetika, neft-kimyo va qishloq xoʻjaligi sohalarida katta tajribaga ega.

Suhbatda Prezidentimi kompaniyaning kimyo sanoatidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatladi. Shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish va chorva mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha sheriklik uchun katta salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.