Oʻzbekiston Prezidenti intervyusi ingliz tilida chop etildi
OAV O‘zbеkiston haqida
1 sen 2021, 00:22
2 684
Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga mamlakatimiz oʻtmishi va bugunining muhim bosqichlariga baho berilgan, istiqboldagi taraqqiyotning asosiy yoʻnalishlari ochib berilgan dasturiy intervyusi chet el ekspert-tahliliy hamjamiyati, siyosiy arboblar, ishbilarmonlar doirasi eʼtiborida boʻlishda davom etyapti.
Oʻzbekistonning Latviyadagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, davlatimiz rahbarining javoblari ingliz tilida alohida nashr holida chop etilgan.
Avval Oʻzbekiston Prezidenti intervyusining bosma shakldagi koʻrinishi qozoq, tojik va ispan tillarida paydo boʻlgandi. Ayni vaqtda alohida nashr arab tilida tayyorlanyapti, deb xabar beradi “Dunyo” AA.