Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Ostonada birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlari va Yevroittifoq o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.