Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Boʻlajak ikki tomonlama uchrashuvlar va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, samarali logistika, qishloq xoʻjaligi, turizm, taʼlim, madaniy almashinuv kabi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab olgan ikki tomonlama amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.