O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    Hukumat 27 Oktabr 2022 4969

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

    Tadbirda mintaqamiz mamlakatlarining yetakchilari va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.

    Sammitda siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.